Bugun
24
O'zbek

Pedri: «O‘zimizni oqlab bo‘lmas darajada xato qildik»

Futbol
26 oktabr, 03:41
Kataloniyaliklar yarimhimoyachisi «Real»ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Pedri: «O‘zimizni oqlab bo‘lmas darajada xato qildik»
Фото: Getty Images
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida «Real»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Afsuski, biz eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazmadik. Birinchi bo‘limda o‘zimizga o‘xshamadik. Ko‘plab vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga erishdik. Raqibning hujumga tez o‘tish jarayonida qanchalik xavfli ekanini bilardik, ammo ishonchli himoyalana olmadik. Natijada ular ikkinchi golni urishdi.

Birinchi bo‘limda juda sekin harakat qildik va o‘zimizni oqlamaydigan ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yib, to‘pni osonlikcha yo‘qotdik. Bu esa bizga qimmatga tushdi.

O‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Hozircha gap faqat uch ochko haqida ketmoqda. Muxlislarimiz qarshisida «El-Klasiko»da g‘alaba qozonishni istagandik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Shunga qaramay, mavsum hali uzoq davom etadi.

G‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlashni xohlagandik, biroq bunday bo‘lmadi. Hozircha bu shunchaki uch ochko yo‘qotish, xolos. Chempionlik unvonini esa bugunning o‘zida qo‘lga kiritib bo‘lmaydi», — deya Pedrining so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar