France Football bosh muharriri va «Oltin to‘p» mukofoti rahbari Vensan Garsiya «Barselona» hamda Ispaniya milliy jamoasi vingери Lamin Yamalning sovrinni qo‘lga kirita olmaganiga Rodri ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Uning fikricha, Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari o‘rtasida ovozlar taqsimlanib ketgani Yamalning imkoniyatlariga ta’sir qilgan. Yakunda Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn g‘olib bo‘ldi, Yamal uchinchi, Rodri esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
«Menimcha, jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya milliy jamoasida ovozlar Rodri va Lamin Yamal o‘rtasida taqsimlandi.
Ovoz berish jarayonida Rodri Laminга berilishi mumkin bo‘lgan ovozlarning bir qismini o‘ziga og‘dirgan deb o‘ylayman.
Ispaniyalik futbolchilar uchun berilgan ovozlar bo‘linib ketdi. Bundan tashqari, Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionatida yaxlit jamoa sifatida harakat qildi. Shu bois alohida bir futbolchining individual yutug‘ini ajratib ko‘rsatish qiyin bo‘ldi.
Lamin Yamal jahon chempioniga aylandi, ammo atigi bir gol urdi va musobaqani jarohat bilan boshladi. Hakamlar hay’ati a’zolariga ispaniyalik futbolchilardan birini tanlash oson bo‘lmadi. Men ham g‘olib bo‘lmagan futbolchiga ovoz berdim. Nazarimda, u ham mukofotga loyiq edi. Bu haqda shanba kuni bilib olasiz.
Harri Keynga kelsak, u haqiqatan ham buyuk to‘purар. Ehtimol, hakamlar hay’ati a’zolari uni barcha nomzodlar orasida eng yaxshi uyg‘unlashgan fazilatlarni namoyon etgan futbolchi deb hisoblashgandir», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Sport.es nashri.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi