Live
1
O'zbek

Yamal — qatorasiga 3-bor yilning eng yaxshi yosh futbolchisi

Futbol
26 oktabr, 17:05
    1
«Barselona» vingерi yana «Kopa Trofi» sovrinini qo‘lga kiritdi.
Yamal — qatorasiga 3-bor yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
Foto: Getty Images

Angliya poytaxti Londonda «Oltin to‘p-2026» marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Asosiy sovringa qadar bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlanmoqda. Jumladan, yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan «Kopa Trofi» mukofoti yana Lamin Yamalga nasib etdi.

«Barselona»ning 19 yoshli vingерi o‘tgan mavsumda klubi bilan La Liga va Ispaniya superkubogida g‘olib bo‘lgandi. Ispaniya milliy jamoasi bilan esa Jahon chempionatida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, 2024 va 2025-yillarda ham «Kopa Trofi» sovriniga aynan Yamal sazovor bo‘lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar