Bugun
24
O'zbek

Temur Kapadze: «Xorazm» bilan o‘ynash oson emas»

Eksklyuziv
26 oktabr, 16:09
Kapadze bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Temur Kapadze: «Xorazm» bilan o‘ynash oson emas»
Фото: Tribuna.uz
26.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 2 Navbahor Namangan Navbahor Namangan

«Navbahor» Urganchda «Xorazm»ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobidagi g‘alabani va uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Namanganliklar bosh murabbiyi Temur Kapadze bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘ylaymanki, oson o‘yin bo‘lmadi. «Xorazm» bilan o‘ynash oson emas. U har doim muxlislari oldida yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Lekin yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi. Ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik.

Birinchi bo‘limda hisob 2:0 bo‘ldi, ammo yana ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.
Ikkinchi bo‘limda «Xorazm» o‘yinga biroz qo‘shdi. Ammo haqli g‘alaba qozondik. Kerakli paytda yigitlarimiz ham o‘zlarini ko‘rsatishdi. Imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Bu uchrashuvni tahlil qilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugungi g‘alabadan so‘ng «Navbahor»da ikkinchi o‘ringa ko‘tarilish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi...

- Bu nasib masalasi. Oxirigacha kurashamiz. Har bir uchrashuvda maksimal darajada harakat qilyapmiz. Albatta, buni mavsum oxirida ko‘ramiz. Qancha yuqorida bo‘lsak, shuncha yaxshi. Har bir o‘yinga jiddiy qarab, yuqoriga ko‘tarilishga harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi», - deya Kapadzening so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar