Live
1
O'zbek

Elit OChL. «Al Ayn» «Traktor»ni mag‘lub etdi, «Al Ahli»da ham g‘alaba, «Al Qodisiya»da durang

Futbol
26 oktabr, 16:44
BAA klubi 100 foizlik natija qayd etmoqda.
Elit OChL. «Al Ayn» «Traktor»ni mag‘lub etdi, «Al Ahli»da ham g‘alaba, «Al Qodisiya»da durang
Foto: Al Ain
26.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Al-Ain Al-Ain 2 : 1 Tractor Tractor

OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasida 3-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

G‘arb mintaqasida «Al Ayn» (9, 1-o‘rin) o‘z uyida «Traktor»dan (1, 13-o‘rin) ustun kelib, qatorasiga uchinchi g‘alabasiga erishdi va peshqadamligini mustahkamladi. Eron klubi safida O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov bellashuvni o‘tkazib yubordi.

Amaldagi chempion «Al Ahli» (7, 2-o‘rin) Qatarning «Al G‘arafa»sidan (0, 15-o‘rin) ustun keldi, «Al Qodisiya» (5, 6-o‘rin) esa «As Sadd» (1, 14-o‘rin) bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Elit OChL. 3-tur. 26 oktyabr
Al Ayn — Traktor 2:1

Gollar: Rabia (21), Rahimi (70) — Halilovich (55).

Al Ahli — Al G‘arafa 2:1
Gollar: Touni (4), Gonsalvesh (86) — Koman (53).
Chetlatish: Sano (76, Al G‘arafa).

Al Qodisiya — As Sadd 1:1
Gollar: Kiniones (84) — Afif (74).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ain Al-Ain
  • Tractor Tractor
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar