«Liverpul» sardori Virjil van Deyk jamoaning sobiq futbolchisi Muhammad Salohning mersisaydliklar safidagi faoliyati va uning o‘rnini bosish masalasiga to‘xtaldi.
«Salohning yillar davomida qilgan ishlarini takrorlay oladigan futbolchi topiladi deb o‘ylamayman. Sadio Mane va Roberto Firmino haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Lekin umid qilamanki, bir kun kelib bu yana takrorlanadi.
Biz ham shu maqsad sari intilyapmiz. Hozir esa navbat boshqa futbolchilarga, ular o‘z o‘yinlarini yanada kuchaytirishlari kerak», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.
Eslatib o‘tamiz, Saloh o‘tgan yozda «Liverpul»ni tark etgandi. Ayni paytda misrlik futbolchi Turkiyaning «Trabzonspor» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, «qizillar» ushbu mavsum APL turnir jadvalida 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq Van Deyk Arauxoning o‘yinini yuqori baholagandi.