Live
5
O'zbek

«MYU» dastlabki 8 tur bo‘yicha APLdagi eng yomon startini qayd etdi

Futbol
25 oktabr, 13:11
Jamoa oxirgi bor 1989-yilda mavsumni shunday yomon boshlagandi.
«MYU» dastlabki 8 tur bo‘yicha APLdagi eng yomon startini qayd etdi
Foto: Getty Images
25.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 0 : 3 Bornmut Bornmut

«Manchester Yunayted» so‘nggi 37 yil ichidagi eng yomon startini qayd etdi.

Bugun, 25 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasining 8-turida Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa “Bornmut”ga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Angliya chempionatining dastlabki 8 ta turida «Yunayted» atigi 7 ochko jamg‘ardi. Bu — klub uchun APLdagi eng yomon ko‘rsatkich.

Jamoa oxirgi marta 1989/90-yilgi mavsumda shunday yomon start olgan, ammo u paytda liga APL nomini olmagandi.

«MYU» 7 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turda 31 oktabr kuni «Chelsi» mehmoni bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bornmut Bornmut
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar