Live
1
O'zbek

Karrager «MY» uchun eng maqbul murabbiyni aytdi

Futbol
26 oktabr, 05:06
Manchesterliklar rahbariyati tez orada Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishi mumkin.
Karrager «MY» uchun eng maqbul murabbiyni aytdi
Фото: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager «Manchester Yunayted»ga munosib murabbiyni aytdi.

Uning fikricha, mankunianliklar «Aston Villa»ning ispaniyalik murabbiyi Unai Emerini munosib nomzod deb topishi mumkin.

«Emeri Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaydi, ammo buni «Aston Villa» bilan amalga oshirishi juda qiyin. Uning «PSJ» va «Arsenal»dagi tajribasi ham kutilganidek omadli kechmadi. Shu bois u yana bir bor yuqori darajadagi klubda o‘zini namoyish etish, haqiqiy sinovdan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritishni xohlasa kerak», — dedi Karrager Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «MY» APL turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Klub rahbariyati tez orada Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar