Niderlandiyalik mutaxassis Klarens Zeedorf Braziliyaning «Korintians» klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini mag‘lubiyat bilan boshladi. Uning jamoasi Braziliya chempionatining 32-turida «Vasko da Gama»ga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Darvoqe, «Korintians» avgust oyi boshidan beri g‘alaba qozona olmayotgan edi. Zeedorfning kelishi ham jamoaning g‘alabasiz seriyasiga barham bera olmadi.
Eslatib o‘tamiz, u yaqinda jamoaga bosh murabbiy sifatida tayinlangandi. U avval 2018-yil avgustidan 2019-yil iyuligacha Kamerun milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Shundan keyin u uzoq vaqt davomida murabbiylik faoliyatida tanaffus qilgan.