Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) va mahalliy tashkiliy qo‘mita Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi–2027 musobaqasining yakuniy taqvimini tasdiqladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi musobaqaning guruh bosqichida B guruhidan joy olgan bo‘lib, Iordaniya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) va Bahrayn milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Milliy jamoamiz qit’a birinchiligidagi dastlabki uchrashuvini 8 yanvar kuni Jidda shahrida Iordaniyaga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi turda futbolchilarimiz 13 yanvar kuni Riyodda KXDR bilan kuch sinashadi.
Guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida esa vakillarimiz 17 yanvar kuni Jidda shahrida Bahrayn milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo kubogi–2027 | B guruhi
O‘zbekiston — Iordaniya
8 yanvar, 2027 yil
22:30
King Abdullah Sports City
Jidda, Saudiya Arabistoni
O‘zbekiston — KXDR
13 yanvar, 2027 yil
18:30
Kingdom Arena
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
O‘zbekiston — Bahrayn
17 yanvar, 2027 yil
18:30
Prince Abdullah Al Faisal
Jidda, Saudiya Arabistoni
Barcha uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Qayd etish lozim, musobaqa 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar davom etadi. Unda 24 ta milliy jamoa qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi