Proligada 24-tur o‘yinlari davom ettirildi.
Qarshida «Lochin» FarDUga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar safida Abelfazov va Yoqubjonov o‘z nomini tabloda yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, maydon egalarining yagona goli Yo‘ldoshev nomiga qayd etildi.
Bekobodda esa «Metallurg» «G‘azalkent» bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi. Mezbonlar safida gollarga Bubanya va Milichkovich mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning ikki golini Nabatov hamda Mirzayev o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Proliga. 24-tur
Lochin — FarDU 1:2
Gollar: Yo‘ldoshev 84 — Abelfazov 62, Yoqubjonov 75.
Metallurg — G‘azalkent 2:2
Gollar: Bubanya 84, Milichkovich 89 — Nabatov 25, Mirzayev 87.
Amalga oshirilmagan penalti: Milichkovich 80 (Metallurg).