Live
2
O'zbek

Kanselu: «Menimcha, biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu — «Real»

Futbol
26 oktabr, 08:20
Joauning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, raqib o‘z imkoniyatlaridan unumli foydal
Kanselu: «Menimcha, biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu — «Real»
Foto: Getty Images
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

«Barselona» himoyachisi Joau Kanselu «Real»ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu — «Real». Ular vaziyatlar yaratadi va gol uradi. Umuman olganda, biz yaxshiroq edik. Endi to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Oldinda «Alaves»ga qarshi o‘yin bor», — deya Kanseluning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 10-turida «Barselona» o‘z maydonida «Real»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda Kilian Mbappe dubl qayd etgan bo‘lsa, kataloniyaliklar safida Rafinya raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ma’lumot o‘rnida, 10 ta uchrashuvdan so‘ng «Barselona» 27 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar