Live
5
O'zbek

«Arsenal» hamon Alvaresni sotib olish niyatidan voz kechmagan

Futbol
26 oktabr, 08:05
Londonliklar qishda «Atletiko» bilan muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda.
«Arsenal» hamon Alvaresni sotib olish niyatidan voz kechmagan
Foto: Getty Images

«Arsenal» o‘z tarkibiga «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Daily Briefing nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, londonliklar argentinalik futbolchini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda.

«Arsenal» Alvaresni tarkibiga qo‘shib olishdan hamon manfaatdor. Biroq hujumchiga da’vogarlar orasida «Barselona» ham bor. Bungacha Alvares «Barselona»ga o‘tish istagi haqidagi xabarlar ortidan «Atletiko» muxlislaridan uzr so‘rab o‘tgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Alvares ushbu mavsumda La Liganing 6 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portalida 26 yoshli hujumchining transfer qiymati 110 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq Alvares «Arsenal»ga o‘tishga qarshi emasligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar