Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Rossiyaliklar 12 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 17 noyabr kuni Krasnodarda Venesuela bilan kuch sinashadi.
Kengaytirilgan ro‘yxatdan 36 nafar futbolchi joy oldi. E’tiborlisi, ushbu mavsum Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Maksim Glushenkov milliy jamoa ro‘yxatiga kiritilmadi.
Darvozabonlar: Denis Adamov («Zenit»), Stanislav Agkatsev («Krasnodar»), Aleksandr Maksimenko («Spartak»), Anton Mitryushkin («Lokomotiv»), Matvey Safonov («PSJ»), Maksim Borisko (SSKA).
Himoyachilar: Kirill Danilov, Danil Krugovoy (ikkalasi ham SSKA), Igor Dmitriyev, Ruslan Litvinov (ikkalasi ham «Spartak»), Andrey Langovich, Viktor Melexin (ikkalasi ham «Rostov»), Yevgeniy Morozov, Aleksandr Silyanov (ikkalasi ham «Lokomotiv»), Mingiyan Beveyev («Baltika»), Ilya Vaxaniya («Krasnodar»), Turpal-Ali Ibishev («Axmat»), Maksim Osipenko («Dinamo»).
Yarim himoyachilar: Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov (barchasi SSKA), Danil Prutsev, Nail Umyarov (ikkalasi ham «Spartak»), Daniil Glebov («Dinamo»), Artyom Karpukas («Zenit»), Aleksey Mironov («Rostov»), Aleksey Batrakov («Galatasaroy»), Arsen Zaxaryan («Real Sosyedad»).
Hujumchilar: Yaroslav Gladyshev, Konstantin Tyukavin (ikkalasi — «Dinamo»), Nikolay Komlichenko, Sergey Pinyaev (ikkalasi — «Lokomotiv»), Aleksandr Sobolev («Zenit»), Lechi Sadulayev («Axmat»), Aleksandr Golovin («Monako»), Aleksey Miranchuk («Atlanta Yunayted»).

Foto: Team Russia
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi