Turkiya chempionatining 9-turida «Bashakshehir» safarda «Beshiktosh»ga imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibdan o‘rin olib, 75 daqiqa harakat qildi. Yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev esa qatorasiga ikkinchi o‘yinda zaxirada qoldirildi.
«Beshiktosh» ochkolarini 18 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Bashakshehir» esa 11 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.
Turkiya Superligasi. 9-tur
Beshiktosh — Bashakshehir 2:0
26 oktabr, «Tupras Stadium»
Gollar: Oh Hyon Gyu (76), Olayitan (89).
Beshiktosh — Nyubel, Murillo, Agbadu, Topchu, Yilmaz, Ndidi (Oh Hyon Gyu, 65), Cherniy (Poku, 58), Olayitan, O‘zjan, Trossar, Vlahovich.
Bashakshehir — Shengezer, Karbovnik, Bayram, Ba (Gureler, 46), Kharebashvili, Kemen, Gunesh (Zelke, 78), Olsen, Sari (Brnich, 60), SHOMURODOV (Yildirim, 75), Bozok (Kaluzhinski, 46).
Ogohlantirishlar: Ba (37), Karbovnik (59), Trossar (61).
Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» «Beshiktosh»ga yutqazdi, Eldor 75 daqiqa o‘ynadi
Futbol
26 oktabr, 13:56
7
Abbos esa qatorasiga ikkinchi bahsda zaxirada qoldirildi.
Foto: Basaksehir
26.10.2026
FT
Turkiya Superligasi
Besiktas
2
:
0
Istanbul Bashakshahar
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi