Angliyaning «Liverpul» klubi rahbarlari transfer oynasi vaqtida jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Buning uchun klub ehtimoliy transferlar ro‘yxatini ham shakllantirib olgan, deya xabar bermoqda insayder Ekrem Konur.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar ro‘yxatidan Niko Shlotterbek («Borussiya»), Alessandro Bastoni («Inter»), Murillo («Nottinghem Forest») va Jyul Kunde («Barselona») o‘rin egallagan.
Ingliz grandi qishki transfer bozorida ancha faol bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasi yangi mavsumi 8-turidan keyin Andoni Iraola shogirdlari 15 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 4-pog‘onasini band etib turibdi. O‘z navbatida UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida «qizillar» 3 ta o‘yinda yuz foizlik natija ko‘rsatib, 3-o‘rinni egallab turibdi.