Bugun
98
O'zbek

«Barselona» va «Real» Keynni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan — Romano

Futbol
27 oktabr, 23:00
    8
Ispaniya grandlari 2026-yil yozida «Bavariya» hujumchisi bilan bog‘langan, futbolchi esa Myunxenda qolishga qaror qilgan
«Barselona» va «Real» Keynni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan — Romano
Foto: Getty Images

«Barselona» va «Real» o‘tgan yozda «Bavariya» hujumchisi Harri Keynni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniyaning ikki grandi mavsumoldi tayyorgarligining dastlabki bosqichida angliyalik futbolchining vakillari bilan bog‘langan. Biroq tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanmagan.

«Bu sizni hayratga solishi mumkin, ammo o‘tgan yozda sizni ishontirib aytamanki, Ispaniyaning top-klublari — «Barselona» va «Real» Keyn bilan bog‘lanishgan. Bu mavsumoldi tayyorgarligining dastlabki qismida sodir bo‘lgan.

Javob har safar bir xil bo‘lgan: «Rahmat, ammo biz «Bavariya» bilan tuzilgan shartnomamizga e’tibor qaratganmiz». Hech qanday muzokara bo‘lmagan, chunki Keyn «Bavariya»ga sodiq qolishga qaror qilgan», — dedi Romano o‘zining YouTube kanalidagi chiqishida.

Shunday qilib, har ikki klubning qiziqishiga qaramay, Keyn Myunxen jamoasida qolishni ma’qul ko‘rgan. Futbolchining qarorida «Bavariya» bilan amaldagi shartnomaga sodiqlik muhim o‘rin tutgan.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023-yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan. U 2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar