Live
1
O'zbek

Nevill: «Alonso «Chelsi»ga tajribali yangi darvozabon olib kelishi kerak»

Futbol
25 avgust, 08:06
Sobiq futbolchi londonliklarning darvozabonlar chizig‘ida xavf borligini ta’kidladi.
Nevill: «Alonso «Chelsi»ga tajribali yangi darvozabon olib kelishi kerak»
Foto: Getty Images
24.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Fulhem Fulhem 2 : 3 Chelsi Chelsi

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill «Chelsi»ning darvozabonlar borasidagi muammosi haqida fikr bildirdi.

«Ko‘klar» darvozaboni Robert Sanches APLning 1-turida «Fulhem»ga qarshi bahsdagi ishonchsiz o‘yinidan so‘ng yana tanqidlar ostida qoldi. Londonliklar uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

«Xabi Alonso menejer sifatida tayinlandi, shunchaki murabbiy sifatida emas. Bu lavozimda ba’zan qat’iy va murosasiz qarorlar qabul qilish kerak. Darvozabonlar masalasida tavakkal qilib bo‘lmaydi. Men avval ham aytganman, bu eng qiyin pozitsiya — darvozabonlar eng ko‘p kuzatiladi. Xato qiladigan va asabiylashadigan darvozabon butun jamoaning mehnatini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Keyingi yetti-sakkiz kun ichida Alonso yangi, tajribali darvozabonni olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerak. Balki u Sanchesni tarkibda qoldirar, ammo menimcha, ehtiyot choralarini ko‘rish kerak», — dedi Nevill BBCga.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga yoz boshida tayinlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar