"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso APL 1-tur doirasidagi "Fulhem"ga qarshi o'yin (3:2)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu haqiqatan ham juda keskin o'yin bo'ldi. Safardagi g'alabaning qanchalik qiyin ekanini bilamiz. Lekin biz barcha qiyinchiliklarga bardosh berdik, kurashdik va kerakli vaziyatlarda zarur ishlarni bajardik.
Erta urilgan gol bizga ishonch bag'ishladi. Ular hisobni tenglashtirguncha yana bir marta gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi.
To'p bizda bo'lmagan paytlarda ham ancha barqaror va o'zimizni qulay his qildik. Raqib darvozasiga xavf soldik. Qolaversa, uch hujumchimiz yaxshi hamkorlik qildi va vaziyatlar yaratdi.
Safarda g'alaba qozonish uchun eng shimarib, kurashish va o'z darvozangizni himoya qilish kerak. Kelajakda ham shu ishlarni qilishimiz lozim. Biz uchun birinchi tur ijobiy o'tdi", — dedi "Chelsi" bosh murabbiyi.