Bugun
25
O'zbek

"Barselona" Gavining jarohati bo'yicha ma'lumot berdi

Futbol
24 avgust, 08:10
Futbolchi "Elche"ga qarshi bahsda jarohat sabab maydonni tark etgandi.
"Barselona" Gavining jarohati bo'yicha ma'lumot berdi
Фото: Getty Images

"Barselona" yarimhimoyachisi Gavining o'ng tizzasidagi jarohati jiddiy emasligi ma'lum bo'ldi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, futbolchi "Elche"ga qarshi kechagi uchrashuvda tizzasiga zarba qabul qilgan.

"Bugun ertalab o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Gavining jarohati oddiy ko'karish ekani aniqlandi. Shu bois ispan futbolchisining tez orada jamoaviy mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Gavi "Elche"ga qarshi (5:0) bahsning birinchi bo'limi oxirida maydonni jarohat sabab tark etishga majbur bo'lgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar