"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush tez orada "Tottenhem" bilan shartnoma imzolaydi.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishcha, "shaharliklar" misrlik 27 yoshli forvardning transferidan taxminan 60 million yevro ishlab olishi mumkin. Kelishuvda qo'shimcha bonuslar bo'lishi ochiqlanmagan.
Ma'lumot uchun, Marmush 2025 yil yanvarda "Ayntraxt"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Ingliz klubi Omarning transferi uchun 75 million yevro to'lagandi. Shundan beri u jamoa safida 36 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.