2026 yilning 19 avgust sanasida O'zbekiston Professional futbol ligasi qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Yig'ilishda ushbu sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, Proliga, Birinchi liga, U-21 hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.
SUPERLIGA
Andijon — Neftchi
Superliganing 17-turi doirasidagi «Andijon» — «Neftchi» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 50-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi Usmonali Ismonaliev to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Andijon» futbol klubi futbolchisi Usmonali Ismonalievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy choralar qo'llanilsin.
Superliganing 17-turi doirasidagi «Andijon» — «Neftchi» uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan. Unga ko'ra, uchrashuvining 53-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi gol kiritganidan so'ng «Neftchi» futbol klubi zaxira o'rindig'i tomoniga turli buyumlar va elim idishlar muxlislar tomonidan uloqtirildi, uchrashuv tugagandan so'ng hakamlar brigadasi tunnelga kirayotgan bir vaqtda ham muxlislar tomonidan elim idishlar va baklajkalar uloqtirildi.
«Neftchi» futbol klubi futbolchilari ham tunnelga kirayotgan vaqtda Ikromjon Aliboev muxlislar bilan tortishib, nomaqbul so'zlar ishlatib muxlislar hamda xavfsizlik hodimlari bilan tortishishi natijasida tartibsizlik keltirib chiqarib, muxlislarning noroziligiga sabab bo'lgani va tribuna osti tunnelda akreditatsiyasi yo'q odamlar borligi hamda to'g'ridan-to'g'ri «Neftchi» futbol klubi futbolchilariga e'tirozlar bildirib va nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgan holatlar aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68-moddasiga asosan «Andijon» futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68-moddasiga asosan yo'lakchasida «Neftchi» futbol klubi futbolchisi Ikromjon Aliboevga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 17-turi doirasidagi «Andijon» — «Neftchi» uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra Superliga Reglamentining 15.31-bandiga asosan uchrashuv avvalida va tanaffus vaqtida maydonni sug'orish talab etilgan bo'lsa-da, «Andijon» futbol klubi Reglament talabini bajarmagan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Andijon» futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Buxoro — OKMK
Superliganing 17-turi doirasidagi «Buxoro» — OKMK uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo'ldashev raqib futbolchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo'ldashevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy choralar qo'llanilsin.
Superliganing 17-turi doirasidagi «Buxoro» — OKMK uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida «Buxoro» futbol klubi gol kiritganidan so'ng klub maskoti ham futbolchilar bilan maydonga chiqib golni nishonlagan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo'mitasi «Buxoro» futbol klubini ogohlantirilsin. Mazkur holat yana takrorlangangan taqdirda O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 56-moddasiga asosan jarima qo'llanilsin.
Nasaf — Qo'qon-1912
Superliganing 16-turi doirasidagi «Nasaf» — «Qo'qon-1912» uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv avvalida “Nasaf» futbol klubi uchrashuv Countdownida belgilangan vaqtda tunnelga chiqib kelishda kech qolganligi, oqibatda uchrashuv 3 daqiqa kech boshlanganligiga sabab bo'lgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 67-moddasiga asosan «Nasaf» futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 16-turi doirasidagi «Nasaf» — «Qo'qon-1912» uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv mobaynida «Qo'qon-1912» futbol klubi texnik direktori Muxsin Nizomiddinov komissar va yordamchi hakam ogohlantirishlariga qaramay ikkinchi bo'lim davomida bosh murabbiy bilan birgalikda muntazam ravishda jamoaga ko'rsatmalar berib turgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Qo'qon-1912» futbol klubi texnik direktori Muxsin Nizomiddinovga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Paxtakor — Buxoro
Superliganing 16-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Buxoro» uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng «Buxoro» futbol klubi futbolchilari muxlislar qarshisiga borganda «Paxtakor» futbol klubi muxlislari tomonidan noroziliklar boshlanadi va «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Shahboz Jo'rabekovni haqorat qilishgani natijasida futbolchi muxlislar bilan tortishib tartibsizlik keltirib chiqargani, oqibatda muxlislar tribunlardan beton siniqlarini uloqtirishgan. Uchrashuv hakamlari tunnelga kirayotgan vaqtda ham CIP sektorlardan o'tirgan muxlislar tomonidan bir dona baklajka uloqtirilgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 67-moddasiga asosan «Paxtakor» futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Surxon — Navbahor-Lochinlari
Superliganing 16-turi doirasidagi «Surxon» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvi komissaridan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng tribuna osti yo'lakchasida «Surxon» futbol klubi direktori Nurali Nurullayev uchrashuv hakamlariga o'z noroziligini bildirib e'tiroz qilgani va hakamlarni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani, uchrashuv komissari uni tinchlantirishga harakat qilgan vaqtda uchrashuv komissariga ham nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgan holat aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan yo'lakchasida «Surxon» futbol klubi direktori Nurali Nurullayevga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.
Superliganing 16-turi doirasidagi «Surxon» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida «Surxon» futbol klubi murabbiyi Anvar G'ofurov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgan, hamda uchrashuvdan so'ng «Surxon» futbol klubi murabbiyi Anvar G'ofurov hakam qaroriga takroran e'tirozi uchun unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Surxon» futbol klubi murabbiyi Anvar G'ofurovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 16-turi doirasidagi «Surxon» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 84-daqiqasida «Surxon» futbol klubi futbolchisi Behzod Shamsiyev hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Surxon» futbol klubi futbolchisi Behzod Shamsiyevga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 16-turi doirasidagi «Surxon» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 61-daqiqasida «Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Usmonov hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi Muhammadali Usmonovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliganing 16-turi doirasidagi «Surxon» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 79-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi Umar Adhamzoda hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi Umar Adhamzodaga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Navbahor-Lochinlari — Bunyodkor
Superliganing 17-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Bunyodkor» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 89-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi murabbiyi Bobur Zuxriddinov hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Bunyodkor» futbol klubi murabbiyi Bobur Zuxriddinovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Nasaf — Paxtakor
Superliganing 17-turi doirasidagi «Nasaf» — «Paxtakor» uchrashuvi hakamidan bildirg'i kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 45+5-daqiqasida «Paxtakor» futbol klubi futbolchisi Dostonbek Xamdamov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Paxtakor» futbol klubi futbolchisi Dostonbek Xamdamovga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.