«PSJ» vingeri Bredli Barkolya «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mersisaydliklar shu haftada parijliklarga yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, «Arsenal» va nomi oshkor qilinmagan yana bir klub ham Barkolyaga qiziqish bildirgan, ammo futbolchi uchun kurashda hamon «Liverpul» yetakchilik qilmoqda.
Qolaversa, «qizillar» 23 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2032 yilga qadar amal qiladigan shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan.