Live
2
O'zbek

«Liverpul» Barkolya bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Futbol
10 avgust, 07:31
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.
«Liverpul» Barkolya bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
Фото: Getty Images

«PSJ» vingeri Bredli Barkolya «Liverpul»ga o'tishi tobora oydinlashmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «qizillar» fransiyalik 23 yoshli futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Ammo mersisaydliklar transfer qiymati bo'yicha «PSJ» bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Qayd etilishicha, Barkolyaning «Liverpul»ga o'tishi 100 million yevrodan ko'proqqa tushishi taxmin qilinmoqda.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar