"Monako" hujumchisi Folaring Balogun "Tottenhem" klubiga taklif qilindi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko'ra, amerikalik 25 yoshli forward faoliyatida yangi chaqiruvni qabul qilishga tayyor.
Shu bois uning vakillari vositachilar orqali "taqachilar" bilan bog'langan va futbolchini London klubiga taklif qilgan. Biroq hozircha ushbu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori baholanmayapti.
Qayd etilishicha, "Tottenhem" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun o'z transfer ro'yxatiga boshqa nomzodlarni ham kiritgan.
Balogun o'tgan mavsumda "Monako" safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o'tkazib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.