"Tottenhem" markaziy himoyachi Kristian Romeroni "Arsenal"ga qo'yib yubormoqchi emas. Bu haqda The Sun xabar berdi.
"To'pchilar" bu yozda "taqachilar" safini tark etishga qaror qilgan argentinalik futbolchi uchun da'vogarlaridan biri hisoblanadi. Qayd etilishicha, Romeroning o'zi "Arsenal" safiga o'tishga qarshi emas, ammo "Tottenhem" o'z sardorini azaliy raqibiga sotmoqchi emas.
Kristian uchun kurashda hozircha Madridning "Atletiko" klubi favorit bo'lib turibdi. Transfermarkt portali esa 28 yoshli futbolchining narxini 50 million yevro deb baholamoqda.
Avvalroq Romero "Atletiko"ga o'tish arafasida ekani ma'lum qilingandi.