«Real» yarimhimoyachisi Bernardu Silva «Ferensvarosh»ga qarshi kechgan debyut o‘yinidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, «qaymoqranglilar» 2:1 hisobida zafar quchishdi.
«Real» safida ilk o‘yinimni o‘tkazganimdan xursandman. Mavsumga tayyor bo‘lish va ritmni shakllantirish uchun qattiq mehnat qilishim kerak. Ha, ispan tilini yaxshi bilaman, chunki «Siti»dagi murabbiylar shtabi bilan shu tilda gaplashardim. Ispan tilida juda yaxshi gapirama? Rahmat (kuladi). Qayerda o‘zimni qulayroq his qilaman? Jamoaga kerak bo‘lgan joyda», — dedi Silva o‘yindan keyin.
Eslatib o‘tamiz, «Real» «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etgan Silva bilan shartnoma imzolaganini 17 iyun kuni e’lon qildi.