«Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero uchun «Inter» va «Atletiko» bilan kurashga «Arsenal» klubi ham qo‘shildi. Avvalroq futbolchining Italiya klubi safiga borib qo‘shilishi ehtimoli yuqori ekani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, «Tottenhem» Romeroni raqiblaridan biriga qo‘yib yuborishni istamaydi. Shuning uchun futbolchining «Arsenal»ga o‘tish ehtimoli hozircha juda past deb baholanmoqda.
OAVdagi xabarlarga ko‘ra, «Inter» «Tottenhem» bilan Romeroning 40 million yevro evaziga transferini kelishib olgan. Biroq hozircha futbolchining o‘zi bilan kelisha olmayapti. Shuning uchun transfer to‘liq hal qilingan deb bo‘lmaydi.
O‘z navbatida tajribali himoyachini o‘z safida ko‘rishni maqsad qilgan «Arsenal» vaziyatni kuzatib bormoqda va imkon tug‘ilgan taqdirda Kristian Romero bilan shartnoma imzolashga tayyorligi aytilmoqda.