Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinio haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Aytishim mumkinki, Joze Mourino bilan ishlash o‘ziga xos. imkoniyat. Undan ko‘p narsani o‘rganishimiz mumkin», — deya 28 yoshli urugvaylikning so‘zlaridan iqtibos keltirdi insayder va jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Mourinio 2026-yilning 1 iyul kuni «Real» boshqaruvini qabul qilib oldi. Uning klub bilan imzolagan shartnomasi 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis o‘z vaqtida «Benfika», «Fenerbahche», «Roma», «Tottenhem», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Inter», «Portu» va «Unian Leyriya» kani jamoalarda ham ishlagan.