AQSHning Florida shtati Mayami shahridagi Nu Stadium stadionda o‘tgan liga kubogi o‘yinida mezbonlar «Monterrey»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).
O‘yinning 32-daqiqasida Rodrigo De Paul hisobni ochgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda «Monterrey» irodali g‘alabani tantana qildi: 47-daqiqada Ugo Keypers muvoxanatni tiklagan bo‘lsa, 90+7-daqiqada Diyego Rossi mehmonlarga g‘alaba keltiruvchi zarbani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Gilermo Xoyos jamoasi mazkur bahsni yetakchisi Lionel Messisiz o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Argentinalik otasi Xorxe Messining (68 yosh) vafot etganligi sababli jamoa bilan birga emas edi.