Live
2
O'zbek

Og'ir atletika. Azizbek Dadajonov yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi

Boshqa sportlar
8 avgust, 17:50
O'zbekiston o'z uyidagi turnirda ikkinchi medalni qo'lga kiritdi.
Og'ir atletika. Azizbek Dadajonov yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi
Foto: Olympic uz

Toshkentda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston jamoasi hisobiga navbatdagi medal rasmiylashtirildi.

O'smirlar o'rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Azizbek Dadajonov bronza medali sohibiga aylandi. O'zbekiston vakili siltab ko'tarish mashqida 134 kg bilan shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Soliha Bahodirova Oʻzbekiston uchun dastlabki medalni keltirgandi.

Bugungi yangiliklar