Superliganing 16-turi yakunida «Nasaf» o‘z uyida «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qildi. O‘yindan oldin ko‘pchilik mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholagandi. Biroq uchrashuv 0:0 bilan yakunlandi.
O‘yindan qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
- O‘yinda raqib himoyasini yorib o‘tish ancha qiyin bo‘ldi. Himoyada zich harakat qildi. Shunga qaramasdan birinchi bo‘limdagi vaziyatimizni golga aylantirganimizda albatta o‘yin boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Raqib jamoaning bugungi o‘yinini e'tiborga olish kerak. Haqiqatda bizni hujumda vaziyat yaratishga kam imkoniyat berdi. Menimcha, Qo‘qon jamoasi bugun bir ochko qo‘lga kiritdi.
- Ikkala taymda ikki xil o‘yinni ko‘rdik. Tanaffusgacha jamoangiz jangovar o‘ynadi, tanaffusdan keyin o‘yin sustlashib ketdi. Yaxshi o‘ynayotgan Shalani almashtirilishi...U oxirigacha o‘ynasa bo‘lmasmidi?
- Faqat Shalada emas, o‘zi men kutgan edim va buni amalda ham ko‘rdik, bir tarkibimiz ko‘p o‘yinlarni o‘tkazishgani uchun bugungi uchrashuvda engillik yigitlarimizda ko‘rinmadi. Ba'zi futbolchilarimizni OKMK bilan uchrashuvdan keyin to‘liq tiklanishga ulgurmagani bugungi uchrashuvda harakatimizda sustkashliklar borligini ko‘rdik. Shala ham o‘tgan o‘yinda katta hajmdagi ishni bajargandi. Qolaversa, raqib ko‘pchilik bo‘lib himoyalanganida Shalani o‘rniga boshqasini tushirishga qaror qildik, kreativlik kerak edi. Raqib zich himoyalanganida Shalada kam bo‘sh hududlar bo‘ladi. Shuning uchun unda imkoniyatlar kamroq bo‘ladi.
- Umar Eshmurodov tarkibda ko‘rinmayapti.
- Engil jarohati bor edi. Davolanyapti, keyingi o‘yinga tayyor bo‘ladi.
- Yozgi transferdan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?
- Biz ko‘p narsani reja qilgandik. Saviyasi balandroq o‘yinchilarni xohlagandik. Lekin biz bu futbolchilar bilan chekladik», - deya Berdiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Ro‘ziqul Berdiyev: «Saviyasi balandroq o‘yinchilarni xohlagandik»
Eksklyuziv
8 avgust, 16:14
«Nasaf» bosh murabbiyi «Qo‘qon-1912»ga qarshi bahs, Umar Eshmurodov va transfer oynasi haqidagi fikr bildirdi.
Фото: Насаф ПФК
08.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Nasaf Qarshi
0
:
0
Qo'qon-1912