Live
3
O'zbek

Mirjalol Qosimov: "15 daqiqalik tanaffus foydamizga ishlamadi"

Eksklyuziv
8 avgust, 15:15
OKMK ustoz "Bunyodkor"ga qarshi bahsdan so‘ng fikrlarini bildirdi.
Mirjalol Qosimov: "15 daqiqalik tanaffus foydamizga ishlamadi"
Фото: ОКМК
08.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Bunyodkor Bunyodkor 2 : 3 ОКМК ОКМК

"Bunyodkor" - OKMK (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirdi va savollarga ham javob qaytardi.

- Assalomu alaykum. O‘yinga keladigan bo‘lsak, muhimi uch ochkoga erishdik. Yigitlar bilan gaplashganimizda ham hozir hamma vaziyatni tushunib turibdi, "Bunyodkor"dagi holatni, o‘yinchilar ketishyapti. Yoshlar jamoasidan o‘yinchilarda o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ular oxirigacha kurashishga harakat qilishdi. Bu esa bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Birinchi bo‘limda qarshi hujumda o‘tkazib yuborgan golimiz, keyin uchta gol urdik. Ikkinchi bo‘limda yana tezkor va tushunarsiz gol o‘tkazib yubordik. Bu bizga o‘ziga yarasha qiyinchilik tug‘dirdi. Qaysidir ma'noda "Bunyodkor" jonlandi. Yana gol urishga, hech bo‘lmasa durang o‘ynashga harakat qildi. O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. Kerakligi uch ochkoga erishdik. Bu yil eng qiynagan maydon sifatida shu bo‘lsa kerak. Yigitlarda oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotish, to‘p uzatilayotganda o‘xshamayotgani... Lekin muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. "Bunyodkor"ga omad tilaymiz.

- G‘alaba bilan tabriklaymiz. Mavsum qiyin boshlandi, 3 ta o‘yinda 1 ochko. Hozir esa OKMK 3-o‘rinda. Jamoa o‘tgan turda "Nasaf"ga qarshi juda qiyin o‘yinni o‘tkazdi. Bugun ikkinchi taymda shunchaki hududlarni raqibga berib qo‘ydingizlarmi yoki "Bunyodkor" hisobdan kelib chiqqan holda "bosdimi"?

- Echinish xonasida ham aytdim, futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Echinish xonasidan chiqqunimcha ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Futbolchilarga o‘yindan oldin ham, echinish xonasida ham aytdim, maydon juda og‘ir. Charchoq alomatlari sezilishi mumkin, bunaqa maydonda oyoq o‘tirib qoladi. O‘ynagan odam biladi. Bu yerda uyatli joyi yo‘q. Oxirigacha o‘ynanglar, agar charlasangiz qo‘lingni ko‘taringlar dedim, men bu narsani tushunaman. Yaxshi kombinatsiya va yaxshi vaziyatga chiqandik, Siyavash gol urishi kerak edi. O‘sha paytda yaxshi yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanilganda o‘yin boshqacha kechishi ham mumkin edi. Bitta epizod o‘zgartirib yuborishi mumkin. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizni yana davom ettirish aytilgandi. Agar hakam hushtagini chalmasdan tanaffusga chiqib ketmaganimizda o‘sha o‘yinni davom ettirardik. Qaysidir ma'noda 15 daqiqalik tanaffus foydamizga ishlamadi. Tezkor gol o‘tkazdik.

- OKMK ko‘pincha ochiqroq futbol namoyish qiladi. Raqibga ham imkon beradi, o‘zi ham imkoniyatga ega bo‘ladi. Mavsum boshidan beri OKMK deyarli hamma o‘yinlarda gol o‘tkazyapti. Adashmasam ikkita uchrashuvni golsiz yakunlagan. Bu muxlislar uchun tomoshabop bo‘lishi mumkin, ammo sizni xavotirga solsa kerak. Bu himoyachilarning saviyasi bilan bog‘liqmi yoki jamoa oldinga o‘tganida tabiiy holatda yuz beryaptimi?

- Avvalambor xatolar bo‘ladi. Biz yopiq futbol o‘ynamaymiz, hujumkor o‘ynaymiz. Bu birinchi sabab. Ikkinchisi, hujumga chiqqanimizda xohlaysanmi-yo‘qmi, orqada bo‘sh hududlar ochiladi. Uchinchidan, jamoani birinchi zonadan uchinchi zonaga chiqib ketish mahoratida, qarshi hujumda biz ulgurmay qolamiz. Yana standartlar sababi bor. Unda e'tiborli bo‘lish kerak. "Nasaf" bilan uchrashuvda Muhitdinov gol urganda Shoh to‘pga qarashi kerak emasdi. Oxirigacha Sharof Muhitdinov bilan o‘ynab qo‘yishi kerak edi. "Spartak" nima uchun yutardi? "Stenka"lari bilan! Qaragunicha o‘yinchi ketib bo‘lardi, unga eta olmasding. Oddiy narsalar. Hushyorlikni yo‘qotmaslik muhim. Futbol 11 ga 11. Masalan, Pletnyov gol urganda Siyavash u bilan oxirigacha o‘ynab qo‘yishi kerak edi. Faqat hujumda emas, jamoa bo‘lganidan keyin himoyada ham ishtirok etish kerak. Shuning uchun aytaman: yo hamma yutadi yo hamma yutqazadi, bo‘ldi, uchinchi variant yo‘q. Ha, o‘tkazilayotgan gollar ko‘p, qaerdadir malaka yetishmasligi ham mumkin. Iloji boricha miyasiga singdirishga harakat qilamiz. Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi deyishadi. Xulosa insonni o‘ziga bog‘liq.

- O‘tgan o‘yinda Karimov jarohat olganmidi?

- Bo‘lib turadigan narsa, jarohat bor edi. Oxirgi vaziyatda ko‘rib qoldim. Issiq jon. Shuning uchun har bir pozitsiyaga ikkita futbolchi bo‘lishi kerak, aslida. Ko‘proq bo‘lsa undan ham yaxshi. O‘yin paytida juda past o‘yin ko‘rsatdi, kutmagandim. Hamma kurashlarni yutqazdi, juda sekin. Shuning uchun o‘tgan o‘yindan keyin aytdim: qiynalib gol uramiz va juda oson ikkita golni o‘tkazib yubordik. Mehnatni qadriyatga yetish kerak. Shuning uchun birinchi bo‘limdan keyin almashtirib yubordim. Karimov Abdiholiqovga yutqazdi. Yigitlarga aytdim, kasalni berkitsang isitmasi oshkor bo‘ladi.

- G‘alabada xarakter gol o‘ynadimi yoki futbolchilarning individual mahoratimi?

- Jamoaviy.

- "Bunyodkor" ko‘pchilikka nisbatan sizga yaqinroq klub hisoblanadi. Bu klubni komadagi bemor desam ham bo‘ladi. Jamoaga yangitdan hayot bag‘ishlash kerakmi yoki shu qiyinchiliklar bilan kurashishi kerakmi?

- Ilyosga ham aytdim, eng kerakligi uyidagi va sog‘liging yaxshimi, dedim. Xudo xohlasa, yaxshi bo‘lib ketadi. Shunday maskan oz-muncha odamlarni niyatlari bilan qurilgan joy emas. Bu yerda qancha-qancha insonlarni mehnati yotibdi. Bu yerni hech kim ko‘tarib ketmaydi, bu yer qoladi, bolalarimiz uchun ishlaydi. Yaxshi niyatdamiz, echimini topishadi. Demak, shu narsa bo‘lishi kerak, bekordan-bekorga bo‘lmaydi. Echim topiladi, degan umiddaman. Biz o‘tib ketgandan keyin ham bu yer xalqimiz uchun xizmat qiladi", - deya Mirjalol Qosimovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bunyodkor Bunyodkor
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar