O‘zbekiston chempionatining 16-turida peshqadam "Neftchi" "Qizilqum" darvozasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritdi. Alisher Odilov dublga erishdi.
Amaldagi chempion ochkolarini 39 taga yetkazib, yetakchiligini mustahkamladi va 2-o‘rindagi "Paxtakor" (35) bilan farqni oshirdi. Navoiy klubi esa 17 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.
Superliga. 16-tur
Neftchi — Qizilqum 5:0
8 avgust. Farg‘ona. "Istiqlol" stadioni
Gollar: Alisher Odilov (3, 83), Jamshid Iskanderov (42), Samandar Shukurullayev (65, avtogol), Stipe Peritsa (70).
Neftchi — Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev (Vladimir Yovovich, 62), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Asilbek Jumayev, 62), Jamshid Iskanderov (Muhsin Ubaydullayev, 77), Stipe Peritsa (Zoran Marushich, 77), Anvar G‘ofurov (Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 46), Alisher Odilov, Farrux Sayfiyev, Ratinio.
Qizilqum — Farhod Rahmatov, Shahzod Rahmatullayev, Luka Ratkovich (Ruslan Roziyev, 63), Elbek Otaqulov, Nikola Kumburovich, Samandar Shukurullayev, Jambul Jigauri (Ozodbek Ergashev, 84), G‘iyos Rizaqulov (Nodirxon Ne'matxonov, 63), Maykon Duglas (Shahzod Turopov, 84), Diyor Rahmatilloyev (Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 70), Otabek Jo‘raqo‘ziyev.
Ogohlantirishlar: G‘iyos Rizaqulov (44), Luka Ratkovich (46), Stipe Peritsa (71).
Superliga. "Neftchi" "Qizilqum"ni tor-mor etib, "Paxtakor" bilan farqni oshirdi
Futbol
8 avgust, 12:05
Amaldagi chempion peshqadamligini mustahkamladi.
Foto: Neftchi PFC
08.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Neftchi Fargona
5
:
0
Qizilqum
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi