"Qizilqum" klubi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida navbatdagi transfer amalga oshirildi. Faoliyati davomida Belarusiya "Neftan", Qirg'izistonning "Bishkek Siti", "Paxtakor", "Metallurg" hamda "Neftchi" jamoalarida faoliyat yuritgan Ruslan Roziyev endilikda "oltin izlovi" sharafini himoya qiladi.
24 yoshli hujumchi "Paxtakor" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida 75 dan ortiq o'yinda maydonga tushib 20 dan ziyod gol urishga erishgan.
"Ruslanga jamoamizdagi faoliyati davomida omad tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.