"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu klubning yozgi transferlari haqida fikr bildirdi.
"Juda xotirjamiz va tarkibning qadrini bilamiz. Qolgan bo'shliqlarni to'ldirish uchun o'yin darajamizni oshirishimiz kerak. Transfer oynasi uzoq bo'lgani uchun vaqt jadvali yo'q va sabr-toqat talab etiladi. Bizning o'ng qanot transferlarimiz turli sabablarga ko'ra amalga oshmadi. Tarkibni kuchaytirish va tajribali o'yinchilarni jalb qilish ustida ishlayapmiz. Keling, murabbiylarimizni tinch qo'yaylik", — deya Kivuning so'zlaridan keltiradi La Gazzetta dello Sport.