«Milan» o‘rtoqlik o‘yini doirasida Avstraliyada «Inter»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab «neradzurri» Dimarkoning goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Nkunku penaltidan gol urdi va hisobni yakuniy 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘rtoqlik o‘yini.
5 avgust, Pert (Avstraliya).
Milan — Inter 1:1
Gollar: Nkunku 84 (pen) — Dimarko 52.
Milan — Torriani, Xila, Gabbia, Pavlovich, Atekame, Fofana, Loftus-Chik, Bartezagi, Chukvueze, Nkunku, Kamarda.
Inter — Provedel, Pavar, Bissek, Bastoni, Diuf, Barella, Stankovich, Mxitaryan, Dimarko, F. Esposito, Idrissu.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi