"Arsenal" kiyinish xonasida "Real" vingeri Vinisius Juniorni kutishmoqda va uning transferi amalga oshishiga ishonishmoqda. Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi yaqin vaqt ichida kelajagi borasida qaror qabul qiladi. Bugun, 5 avgust kuni Vinisius o'z agenti bilan birga "Real" bazasiga keldi. Aynan shu kuni shartnomani uzaytirish bo'yicha hal qiluvchi muzokaralar o'tkazilmoqda.
Ayni paytda "to'pchilar" braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga tayyor. Klub rahbariyati futbolchilarga ushbu transfer amalga oshish ehtimoli yuqori ekanini ma'lum qilgan.
"Real" hozir Vinisiusning niyatini bilishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, "qirolicha klubi" "Arsenal"ning braziliyalik futbolchiga qiziqishi shunchaki mish-mish emas, balki amalda sodir bo'layotganini ham tushunmoqda.
Avvalroq "to'pchilar" Vinisius uchun "qirolicha klubi"ga qancha taklif qilgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi