"Liverpul" yozgi transferlar oynasida "Nyukasl" hujumchisi Nik Voltemadeni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati germaniyalik 24 yoshli futbolchida katta salohiyatni ko'rmoqda.
Manbaga ko'ra, Voltemade ushbu transferlar oynasida "Nyukasl"ni tark etishi ehtimoli juda yuqori.
Nik 2025 yilning yozida "Shtutgart"dan 75 million yevro evaziga "qarğalar" safiga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.