«Tottenhem» klubi «Liverpul» vingeri Kodi Gakponi o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Anfield Watch nashrining ma'lum qilishicha, mersisaydliklar niderlandiyalik futbolchini 72 million funt sterling evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Biroq klub Kodi bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Agar jiddiy takliflar bo‘lmasa, Gakpo klub safida qoladi.
Ma'lumot uchun, Gakpo 2023 yilda Niderlandiyaning PSV klubidan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan. Shu vaqtgacha u «qizillar» safida barcha turnirlarda 180 ta uchrashuv o‘tkazib, 50 ta gol va 23 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.