Bugun
14
O'zbek

Renar – Kot-d'Ivoire milliy jamoasi bosh murabbiyi

Futbol
4 avgust, 15:03
U ilgari Zambiya, Angola va Marokash milliy jamoalarini ham boshqargan.
Renar – Kot-d'Ivoire milliy jamoasi bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Kot-d'Ivoire milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib Erve Renar tayinlandi. Bu haqida mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati rasmiy ma'lum qildi.

Renar bundan avval ham «fillar»ni boshqargan. Shuningdek, u ilgari Zambiya, Angola va Marokash milliy jamoalarini ham boshqargan.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati davomida esa Tunis milliy jamoasiga etilgan, ammo atigi ikki o‘yin ichida vaziyatni o‘zgartirishning iloji bo‘lmagan.

Ma'lumot uchun, Kot-d'Ivoire milliy jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Emers Faé edi. Uning shartnomasi 31 iyul kuni yakuniga yetdi va tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar
Bugungi yangiliklar