Bugun
14
O'zbek

Vozinya Chilida ham «taxallusidan» foydalana oladi

Futbol
4 avgust, 15:26
Kabo-Verde milliy jamoasi kiperi yangi jamoasida ham o‘z «ismi»dan foydalana oladigan bo‘ldi.
Vozinya Chilida ham «taxallusidan» foydalana oladi
Foto: Gettyimages

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinya Chilining «Kolo-Kolo» klubi bilan shartnoma imzoladi va mamlakat federatsiyasi unga o‘z taxallusi ostida o‘ynashga ruxsat berdi, deb xabar qiladi ESPN.

Chili chempionatida o‘yinchilarning liboslarida faqat ularning haqiqiy familiyalari yozilishi kerakligi haqida qoida mavjud. Biroq asl ismi Jozimar Joze Evora Diash bo‘lgan Vozinya aynan o‘z taxallusi bilan JCH-2026da shuhrat qozondi. Musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli uning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi bir necha mingdan millionlab obunachigacha ko‘paydi.

Chili futbol federatsiyasining qaroriga ko‘ra, 40 yoshli darvozabon uchun istisno qilindi va bu chempionatning boshqa klublari tomonidan ham ma’qullandi. Ushbu qarorni «Kolo-Kolo» klubi va Vozinyaning o‘zi ham qo‘llab-quvvatladi. Futbolchi dushanba, 3-avgust kuni klub bilan ushbu mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Vozinya avvalroq so‘nggi jamoasi Portugaliyaning «Shavish» klubi bilan mehnat shartnomasi mundial startidan avval yakunlangan va kiper erkin agent maqomida edi. Vozinya jahon chempionati-2026da Kabo-Verde milliy jamoasi tarkibida chorakfinalga qadar yetib borishni uddaladi.

Bugungi yangiliklar