Live
6
O'zbek

Proliga. "Kattaqo'rg'on" o'z maydonida "Paxtakor FJ"dan ustun keldi, "G'azalkent" esa raqibini tor-mor etdi

Futbol
4 avgust, 13:30
Proligada 13-tur o'yinlari start oldi.
Proliga. "Kattaqo'rg'on" o'z maydonida "Paxtakor FJ"dan ustun keldi, "G'azalkent" esa raqibini tor-mor etdi
Фото: Каттақўрғон ПФК

Proligada 13-tur bellashuvlari start oldi. Universitetlar qarama-qarshiligida FarDU (22, 4-o'rin) yirik hisobda g'alaba qozondi.

"G'azalkent" (21, 5-o'rin) esa Respublika FA (12, 11-o'rin) darvozasiga javobsiz 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Kattaqo'rg'on" (27, 2-o'rin) o'z maydonida "Paxtakor FJ"ni (6, 13-o'rin) ikki to'p farqi bilan yengdi.

Proliga. 13-tur
Kattaqo'rg'on – Paxtakor FJ 2:0
Gollar:
Igor Kozlov, 58 (1:0), Sayyodbek Davronov, 83 (2:0)

Respublika FA – G'azalkent 0:7
Gollar:
Abdurahmon Abdullaev, 10 (0:1), Laziz Mirzayev, 45+3 (0:2), Umidjon Turğunov, 55 penalti (0:3), Abdurahmon Abdullaev, 64 (0:4), Suhrob Sadirjonov, 71 (0:5), Rustam Aliev, 87 (0:6), Suhrob Sadirjonov, 90+2 (0:7)
Chetlatish: Ozodbek Odiljonov, 54 (Respublika FA), Ozodbek Najmiddinov, 56 (Respublika FA), Laziz Mirzayev, 56 (G'azalkent)

FarDU – TerDU 5:1
Gollar:
Ahrorbek O'ktamov, 37 (1:0), Riza Ayvazov, 45 (2:0), Shahzod Bozorov, 52 (2:1), Asadbek Xabibullayev, 60 (3:1), Boburbek Farhodov, 76 (4:1), Maxarram Abelfazov, 88 (5:1)

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar