«Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven, «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi klublar qiziqishiga qaramay, katta ehtimol bilan jamoasida qoladi.
Omadsiz ikki mavsumdan keyin futbolchiga bo‘lgan qiziqish ham avvalgidek emas.
«Tottenhem» sobiq himoyachisi Tobi Alderveyreld transfer amalga oshmaganining sababini tushuntirib berdi.
Hamma Van de Venning tezligi haqida gapiradi, ammo u yaxshi himoyachi. Biroq unutmaslik lozim, «Tottenhem» APLdan tushib ketishga juda yaqin edi va Mikki mana shu jamoaning bir bo‘lagi edi. Balki ehtimoliy xaridorlar bu vaziyatga qarab, futbolchi «Tottenhem» uchun ko‘proq narsa qilishi kerak edi, deb hisoblayotgandir.
25 yoshli Van de Venning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. «Tottenhem» futbolchisi bilan xayrlashish niyatida emas. Ayniqsa jamoadan argentinalik himoyachi Kristian Romero ketadigan bo‘lsa.