Live
1
O'zbek

"Inter" Romero bo'yicha muzokaralarni tezlashtirishga qaror qilgan

Futbol
3 avgust, 03:25
Futbolchining maoshi kelishuv uchun to'siq bo'lmaydi.
"Inter" Romero bo'yicha muzokaralarni tezlashtirishga qaror qilgan
Foto: Getty Images

"Inter" "Tottenhem" himoyachisi Kristian Romeroni transfer qilish bo'yicha yaqin vaqt ichida qaror qabul qilmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Futbolchining maoshi kelishuv uchun to'siq bo'lmaydi. Chunki u hozir "taqachilar"da olayotgan maoshini o'zgartirmaslikni so'ragan va "neradzurri" bu talabni qondirishga tayyor.

Qayd etilishicha, Milan klubi muzokaralarni tezlashtirishga qaror qilgan. Sababi 2026 yilgi jahon chempionati kumush medali sohibi uchun boshqa da'vogarlar ham bor.

Ma'lumot o'rnida, 28 yoshli Romeroning narxi 50 million yevroni tashkil etadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq "Inter"ning Romero uchun "Tottenhem"ga qancha to'lashi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar