Live
4
O'zbek

"PSJ" "Barselona"ning ikki yulduziga ko'z tikdi

Futbol
4 avgust, 11:01
Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshlanmagan.
"PSJ" "Barselona"ning ikki yulduziga ko'z tikdi
Фото: Getty Images

"PSJ" klubi "Barselona"ning ikki futbolchisini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Fransiya klubi himoyachisi Jul Kunde hamda hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati har ikki futbolchini jamoani yanada kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.

Biroq klub Kunde va Torres bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqani hozircha ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, "PSJ" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, 5 ta sovrin yutishga muvaffaq bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar