«Arsenal» klubi «Nyukasl» yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes transferini amalga oshirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan. Faqat tomonlar kelishuvning ayrim jihatlari bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Braziliyalik futbolchi hozircha «qarğalar» bilan Ispaniyadagi yig'inda ishtirok etmoqda. Londonliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat berilishini kutmoqda.
O'tgan mavsum Gimaraes Angliya Premer-ligasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi