«Arsenal» hujumchisi Kay Havertz «to'pchilar» yangi mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni maqsad qilganini aytdi.
O‘tgan mavsumda London klubi Angliya Premyer-ligasi chempioni bo‘lgandi.
«Menimcha, biz yanada oldinga intilishimiz kerak va shunday qilishga majburmiz. Boshqa jamoalar ham kuchayib borayotganini ko'ryapsiz, shuning uchun biz ham yana yangi bosqichga chiqishimiz lozim.
Yuoqri maqsadlar uchun shu yerdamiz. Mashg'ulot o'tkazayapmiz, o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etyapmiz — barchasi mavsumdagi maqsadlarimizga erishish uchun.
Barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istaymiz. Aynan shuning uchun shu yerdamiz. So'nggi bir necha mavsumda ko'p narsani qo'ldan chiqardik. Endi Premer-ligada g'olib bo'ldik, ammo bundan ham kattaroq yutuqlarga erisha olamiz.
Buning uchun yanada yuqori saviyaga chiqishimiz kerak. Mavsum qanchalik uzoq va musobaqalar qanchalik qiyin o'tishini yaxshi bilamiz. Yangi mavsumda yanada yahshiroq o'yin ko'rsatib, muvaffaqiyatlarga erishishni xohlaymiz», — deya germaniyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Havertz: «Arsenal» yangi mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchi. Keyingi darajaga chiqmoqchimiz»
Futbol
3 avgust, 08:41
London klubi hujumchisining yangi mavsumdan umidlari katta.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi