«Manchester Yunayted» «Arsenal» himoyachisi Maylz Lyuis-Skellini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
talkSPORT xabariga ko‘ra, mankunianliklarning chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadi «Nyukasl» futbolchisi Lyuis Xoll bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, 19 yoshli Lyuis-Skelli ham klubning qisqa ro‘yxatidan joy olgan.
O‘tgan mavsum yosh himoyachi Angliya Premyer-ligasida «Arsenal» safida atigi 5 ta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan. Uning pozitsiyasida Rikardo Kalafyori va ijara muddatidan so‘ng to‘liq sotib olingan Piero Inkapye bilan raqobat kuchli.
Ma’lumot uchun, Maylz Lyuis-Skellining «Arsenal» bilan shartnomasi yana to‘rt yil amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 38,5 million funt sterlingga baholagan.