Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xavers o‘rtoqlik o‘yinida «Jirona» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonganidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Nemis futbolchisi o‘yinning 16-daqiqasida hisobni ochdi va 33-daqiqada zaxiraga olindi. Shuningdek, Xristos Solis, Maks Douman va Gabriel Jezus o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
«Chiroyli g‘alaba. Maydondagi o‘zaro munosabatlarimiz qanday yo‘lga qo‘yilganini ko‘rishingiz mumkin edi. Jiddiy raqibga qarshi munosib sinov. O‘ylaymanki, biz juda yaxshi o‘ynadik va endi shu ruhda davom ettirishimiz kerak.
Jismoniy holatim yaxshi. O‘zimni tayyor his qilyapman. Uch hafta dam oldim, lekin uncha holdan toymadim», – deya Haversning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Arsenal» rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni Mikel Arteta shogirdlari va «Betis» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi